avatar
Куч
9.05
Рейтинг
+7.60

Bexzod

Мақолалар

"Yilning eng yaxshi maktab direktori" tanlovining yakuniy bosqichi bo'lib o'tdi

Маънавият
Маданият ва маърифат
«Yilning eng yaxshi maktab direktori» tanlovining yakuniy bosqichi bo'lib o'tdi
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan respublikamizda ta'limga juda katta e'tibor qaratib kelinmoqda. «Ta'lim to'g'risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida»gi qonunlarning qabul qilinganligi, bu qonunlar asosida ta'limning uzluksiz tizimi yaratilganligi bunga yaqqol misoldir. Kadrlar tayyorlash milliy modelining o'ziga xos xususiyatlaridan biri mustaqil ravishdagi to'qqiz yillik umumiy o'rta hamda uch yillik o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limini joriy
etishdan iboratdir. Hozirgi kunga kelib ushbu model to'liq amaliyotga joriy etildi.
Xususan, ta'lim sohasida malakali kadrlar yetishtirishda davlatimiz ya'ni Xalq Ta'limi vazirligi tomonidan maktablar, kollejlar, o'rta maxsus, kasb-hunar kollejlari o'rtasida turli tanlovlar o'tkazib kelinmoqda. Unga misol tariqasida, poytaxtimizning 178- umumta'lim maktabida o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Yilning eng yaxshi maktab direktori" ko'rik tanlovining yakuniy respublika bosqichini keltirish mumkin. Ma'lumot o'rnida aytish joizki, ushbu ko'rik tanlov shu yili 3-marotaba o'tkazilishi. Mazkur ko'rik tanlovda 14 ta hududdan jami 28 nafar maktab direktorlari ishtirok etishdi.
Eslatib o'tamiz, ko'rik tanlovda ishtirok etish uchun Respublikamizdagi jami 9 739 ta maktab direktorlarining orasidan 552 nafari o'zlarining yaratgan konsepsiyalarini vazirlikning elektron pochtasiga taqdim etgan edilar. Bu esa o'tgan yilgi ishtirokchilar soniga nisbatan 5 barobarga ortiq. Ta'kidlash joizki, ko'rik tanlovi ishtirokchilarning soni yildan-yilga oshishi bilan bir qatorda, uning o'tkazilish jarayoniga ham bir oz o'zgartirishlar kiritildi. Mazkur ko'rik tanlov bugungi kun talabi doirasidan kelib chiqgan holda, 3 bosqichdan iborat bo'ldi. Unda maktab direktori o'zi yaratgan konsepsiyasini taqdimot etishi, ushbu taqdimotda albatta konsepsiyani yaratish, amalga oshirish bosqichlari hamda kutilayotgan natijalar ko'zda tutilgan.  Ushbu ko'rik tanlovida g'olib deb topilgan Urganch shahar 16 — son umumta`lim maktab direktori F.P.Raxmanov Xalq ta'limi vazirligining diplomi va pul mukofoti bilan taqdirlanadi hamda davlat mukofotlariga ta'sis etiladi.

Internetmi yoki gazeta ?

Маънавият
Маданият ва маърифат
Bugungi kunda sir emaski internetdan olinadigan ahborotlar yetarli darajada ishonarli va aniq. Lekin ahborot texnologiyari rivojlangan asrimizda mahalliy darajadagi, viloyat miqiyosidagi gazetalarga, ihtiyoriy yoki ihtiyoriy majburiy tarzda obunalarni amalga oshirishdan naf bormikan? Ushbu masala yuzasidan shu so`rovnoma orqali ilg`or jamoatchilik fikrini bilsak.

Yilning eng yaxshi maktab direktori

Маънавият
Маданият ва маърифат
«Yilning eng yaxshi maktab direktori» tanlovining yakuniy bosqichi bo'lib o'tdi
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan respublikamizda ta'limga juda katta e'tibor qaratib kelinmoqda. «Ta'lim to'g'risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida»gi qonunlarning qabul qilinganligi, bu qonunlar asosida ta'limning uzluksiz tizimi yaratilganligi bunga yaqqol misoldir. Kadrlar tayyorlash milliy modelining o'ziga xos xususiyatlaridan biri mustaqil ravishdagi to'qqiz yillik umumiy o'rta hamda uch yillik o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limini joriy etishdan iboratdir. Hozirgi kunga kelib ushbu model to'liq amaliyotga joriy etildi.
Барча 3та расмни кўрсатиш →

Kelajak maktabiga bugundan qadam

Маънавият
Маданият ва маърифат
Urganch shahridagi 16 — son umumta`lima maktabida ishlayman. Pedogogik nazariya, yangi metod va texnologiyalar yetarli endi amaliy harakatlar davri keldi deb o`ylayman. Maktabda 8 — 9 sinf o`quvchilari uchun «Zakovat» intelektual o`yini tashkil etildi. kichik sinflar uchun uchun «Intelektual ring» baxslarini o`tkalish rejaashtirildi. natijalar va asosiysi o`quvchilarning qiziqish va e`tibori yuqori darajada. fikr qarashlaringiz va takliflaringizni mamnuniyat bilan qabul qilamiz.